
Messi "Barselona" bilan qanday shartlar asosida shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" sardori Lionel Messi "Kamp Nou"ni yaqin vaqtlari ichida tark etish niyatida emas.
Oldinroq, klub rahbariyati 32 yoshli futbolchiga bir umrlik shartnoma taklif qilish niyatidaligi xabar qilingan edi, ammo Leo ushbu masala bo‘yicha shoshilmoqchi emas.
Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, Messi xar mavsum avvalida klub bilan bir yilik shartnoma imzolash niyatida, ammo futbolchi iyun oyidan kechiktirmasdan jismoniy holati va vaziyatiga qarab klub rahbariyatiga o‘z qarorini etkazib turish majburiyatini oladi.
Fikrlar