
Messi “Barsa”ga qaytsa, hayron qolardim!
“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Yaya Ture PSJ hujumchisi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Agar Messi “Barselona”ga qaytsa, hayron bo‘laman. Futbolda nimalar bo‘lishi mumkinligini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Messi o‘z faoliyati davomida qilgan ishlarining barchasi hayratlanarli darajada. Jahon chempioni bo‘lganini inobatga olsak, u hamma narsani uddaladi.
Leo PSJda qoladimi yoki “Barsa”ga qaytadimi buni bilmayman. Nima bo‘lishini kuzatamiz. “Barsa” bu transferni uddalashi mumkin. Messi faoliyatini “Barselona”da tugatishi kerak, deb o‘ylayman. Lekin hozir uning amaldagi shartnomasi bor va kelasi mavsum qaerda bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatadi, - dedi Yaya Ture.
Fikrlar