
Messi “Barsa”ga o‘tishdan, Parijda qolishga yaqin
“Barselona” rahbariyati o‘zi tarbiyalagan yulduz Lionel Messini ortga qaytarish yo‘lini topa olmayapti.
Argentinalik jahon chempionining PSJ bilan tuzgan shartnomasi ikki oydan keyin yakunlanadi. Biroq, kataloniyaliklar hali Messini qaytarish bo‘yicha jo‘yali reja ishlab chiqqani yo‘q. Klubning moliyaviy barqaror emasligi transferga to‘sqinlik qilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Messining yozda “Barselona”ga qaytishi shunchaki ilojsiz. Leoning Parijda qolish imkoniyati ko‘proq.
Todofichajes nashri jurnalistlari ayni paytda Messi uchun “Barselona”ga qaytishdan ko‘ra, PSJ bilan hamkorlikni uzaytirish osonroq.
Fikrlar