Messi: "Barsa"da qaytishimni istamaydigan insonlar ham bor edi"
Lionel Messi rasman "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi kunlarda uning "Barsa"ga qaytishi va "Al-Hilol"ga o‘tishi haqda xabarlar ko‘payib ketdi. Yakunda esa Messi AQShni tanladi. Argentinalik futbolchining o‘zi batafsil nimalar bo‘lgani haqda intervyu berdi. Quyida hamma haqiqatni bilib olishingiz mumkin.
“Men “Barselona”ga qaytmayman, “Inter Mayami”ga boraman. Qaytishni juda xohlardim, lekin yana o‘sha vaziyatga tushib qolishni istamadim. La Liga hamma narsani qabul qilgani va mening qaytishim uchun hammasi joyida ekanligini eshitgan bo‘lsam-da, hali qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p ishlar bor edi. Men ular o‘yinchilarni sotishlari yoki ularning maoshlarini kamaytirishlari kerakligini eshitdim va haqiqat shundaki, men bunday bo‘lishini istamayman.
"Xudoga shukur hamma narsaga, eng oliy maqsadim jahon chempioni bo‘lganimdan so‘ng, yana bir narsani, biroz xotirjamlikni izlamoqchi bo‘ldim. Men e’tibordan biroz chetga chiqib, oilam haqida ko‘proq o‘ylashni xohlayman. Men oxirgi ikki yil oilam davrasida ko‘p bo‘la olmadim".
"Menga Evropadan takliflar bor edi, lekin men xohlagan yagona Evropa jamoasi "Barselona". Umid qilamanki, qachonligini bilmayman, lekin umid qilamanki, bir kun kelib men “Barselona”ga o‘z hissamni qo‘shishim va yordam berishim mumkin, chunki bu har doim aytganimdek, men sevadigan klub. Faoliyatim davomida odamlardan ko‘rgan mehrimni qadrlayman va yana shu erda bo‘lishni xohlayman”.
“Ha, ha, albatta. Men butun yil davomida Xavi bilan birga edim va barcha muxlislar kabi "Barsa" ham sovrinlar yutishini xohlardim. Hatto birinchi yili bir necha o‘yindan keyin Xavi bilan ko‘p gaplashdim. Men uni yaqindan kuzatib bordim. "Barselona" menga taklif yubordi, lekin ular hech qachon rasmiy, imzolangan va yozma taklif yubormagan".
"Bugun "Barsa" men qaytishim mumkinligimni 100% tasdiqlay olmadi, buni klub boshdan kechirayotgan vaziyat tufayli tushunsa bo‘ladi. Albatta, klubda ham qaytishimga qarshi bo‘lganlar bor edi, chunki ular men qaytmasam klubga foyda bo‘ladi, deb hisoblaydi".
Jerrrard Romero xabar berishicha, mazkur intervyudan keyin "Barselona" ham rasmiy bayonot bermoqchi.



Fikrlar