Messi: Baribir “Barselona”ga qaytaman!

  • 9 iyun, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Lionel Messi “Barselona”ni g‘aflatda qoldirib, “Inter Mayami” taklifini qabul qildi. Biroq, argentinalik yulduz qachonlardir Kataloniyaga qaytishini aytdi.

- “Barselona”ga o‘yinchi sifatida qaytolmasam, boshqa vazifa uchun kelaman. Men shuni istayman. Professional faoliyatimni tugatganimdan keyin Barselona shahrida yashayman. Hayotimiz mana shunday davom etishini rafiqam va farzandlarim bilan allaqachon tushunib etganmiz.

Bu qachon ro‘y berishini bilmayman. Lekin “Barselona” muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishga umid qilaman. Chunki bu klubni yaxshi ko‘raman. Buni har doim ta’kidlab kelganman.

Men futbolchilik faoliyatim davrida bu klubga bog‘lanib qolganman va qachonlardir baribir “Barselona”ga qaytaman, - dedi Lionel Messi.

Argentinalik yulduz “Inter Mayami” bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!