Messi Argentina milliy terma jamoa safida ilk sovrinini yutdi
Biroz avval Argentina hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi Amerika chempionati final uchrashuvi yakunlandi. Unda Messi boshchiligidagi nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 22-daqiqada Anxel Di Mariya tomonidan kiritildi. Himoyachining xatosidan keyin birga-bir vaziyatga chiqib borgan PSJ futbolchisi to‘pni darvozabonning ustidan oshirib to‘rga yo‘lladi.
Shu tariqa, Leo Messi "albiseleste" safida o‘zining ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, bu 6 karra "oltin to‘p" sohibining milliy terma jamoa bilan "Kopa Amerika"dagi 6-urinishi hisoblanadi.



Fikrlar