Messi 11 daqiqada bir nechta rekord o‘rnatdi

  • 21 oktabr, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MLSning so‘nggi turida “Inter Mayami” o‘z maydonida”Nyu-Inglend Revolyushn” jamoasini qabul qilib, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Mezbonlarning asosiy yulduzi – Lionel Messi 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 11 daqiqa ichida uchta to‘p kiritdi va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi maydonga tushishi bilan jamoadoshi Kremaskiga golli pas uzatdi, o‘zi esa 78, 81 va 89-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Lionel Messi AQSh chempionatida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, xet-trik qayd etgan va golli pas uzatgan birinchi va yagona futbolchi sifatida tarixiy rekord o‘rnatdi.

Bundan tashqari, Lionel  Messi “Inter Mayami”dagi gollari sonini 33 taga etkazib oldi. Shu tariqa argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi. Avvalgi rekord Leonardo Kompanaga tegishli bo‘lib, bu o‘yinchi raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!