
Messi, Suares va Dembelening jarohati tufayli "Barsa" Manjukichni sotib olishi mumkin
"Yuventus" xujumchisi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
"Goal.com" xabar berishicha, 33 yoshli forvardga "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar Suares va Dembele jarohat olgan vaziyatda, xorvatiyalik futbolchi xujum chizig‘ini kuchaytira oladi, deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari, "Yuventus" "Barsa"ning chap qanot ximoyachisi Xuan Mirandaga qiziqish bildirgan.
Tomonlar o‘zaro muzokaralar o‘tkazishmoqda, ammo yakuniy qarorga kelib ulgurishmadi.
Fikrlar