
Messi, futbolni yig‘ishtir!
Mashhur hujumchi Dide Drogba “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messiga professional futbolchilik faoliyatini tugatishni maslahat berdi.
- Men Messiga faoliyatini taxtatishni maslahat beraman. U shundoq ham futbol uchun juda ko‘p narsalar qildi.
Ayniqsa, oxirgi jahon chempionatidagi g‘alabasi Messini yanada afsonaviy qahramonga aylantirdi. Leo hayratlanarli darajadagi o‘yinchi, - dedi Drogba.
37 yoshli Messi Evropani 2023 yilning yozida tark etib, AQShning “Inter Mayami” jamoasiga qo‘shildi. Hozirga qadar sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bu jamoa safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 42 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar