
Merab Dvalishvili nohaq g‘alaba qozondimi? UFC faxriysi javob berdi
Taniqli UFC faxriysi va tahlilchisi Cheyl Sonnen o‘ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili va rossiyalik Umar Nurmagomedov o‘rtasidagi jang natijasidan norozi.
“Bu jangda Umar g‘alaba qozongandi. Biroq Merabning qo‘li baland ko‘tarilganida hayratda qoldim. Birinchi, ikkinchi, uchinchi raundlarda Nurmagomedov, to‘rtinchi va beshinchisida esa Merab ustunlik qildi. Bunga ishonchim komil" - dedi Sonnen ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili Los-Andjelesda bo‘lib o‘tgan "UFC 311" turnirida Umarni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.
Fikrlar