"Menimcha, jamoa chempionlikka tayyor, yangi kelgan murabbiyni hech qaerda eshitmaganman" - mutaxassis Superliganing 6-turi oldidan yana nimalarni aytdi?

  • 13 aprel, 2023, 00:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-turi boshlanish arafasida. Bu safar ham ajoyib uchrashuvlar kutmoqda. Yana vodiy derbilari bor. “Navbahor”  - “Andijon” o‘yini bilan 6-turga start beriladi. Shuningdek, “Bunyodkor” hamda “Nasaf” to‘qnashuvi ham taqvimdan joy olgan bo‘lib, bu turning markaziy uchrashuvidir.

Tecno

“Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Denis Korostichenko ham Superligani diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Shu boisdan murabbiy 6-tur oldidan har bir juftlikka to‘xtalib, jamoalarning imkoniyatlari borasida gapirdi.

14 aprel

“Navbahor” – “Andijon”

- Bu vodiy derbisi. “Navbahor” oxirgi o‘yinda yutqazdi. Uyida esa kuchli o‘yin ko‘rsatyapti. Shuning uchun menimcha, “Navbahor” yutsa kerak. To‘g‘ri, “Andijon”da ham imkoniyat bor. Bilaman, ular ham harakat qiladi. Chunki ularga ham ochko zarur. Baribir “Navbahor” kuchliroq.

“Qizilqum” – “Surxon”

- Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Surxon” ajoyib o‘ynayapti va kerakli ochkolarni qo‘lga kirityapti. Nazarimda, yo durang yoki “Qizilqum” g‘alaba qozonadi.

surxon yangi2_4

15 aprel

“Paxtakor” – “So‘g‘diyona”

- Men albatta “So‘g‘diyona”ga muxlislik qilaman. Chunki u erda Ivan Boshkovich bosh murabbiylik qilyapti, u o‘rtog‘im. Unga omad tilayman. Har qanday holatda ham harakat qilishadi. “Paxtakor” o‘z uyida minimal hisobda yutadi yoki durang bo‘ladi.

16 aprel

“Olimpik” – “Buxoro”

- “Olimpik” yutadi. Bu jamoa formaga kirishi kerak. O‘tgan safar mehmonda “Turon”ni mag‘lub etdi. Endi o‘z maydonida o‘ynaydi. “Buxoro”ga Ulug‘bek Baqoev kelib, endi o‘yin uslubini yo‘lga qo‘yyapti. Kubok bahsida “Turon” bilan durang o‘ynadi. Baribir, menimcha “Olimpik” g‘alaba qozonsa kerak.

olimpik-andijon_1

“Metallurg” – OKMK

- O‘ylashimcha, OKMK bu yil chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri bo‘ladi. Menimcha, jamoa chempionlikka tayyor. Tarkibi yaxshi va futbolchilari shuncha yil birga o‘ynashyapti. Mahoratli futbolchilari ko‘p. Bu uchrashuvda OKMK g‘olib chiqadi. “Metallurg”ga kelsak, yaqinda bosh murabbiyni almashtirishdi. Ispaniyalik Luisma Ernandesni nega iste’foga chiqarishganini o‘zlari bilishadi. Shavkat aka Saidov intervyu berganida bizga zo‘r, tajribali murabbiy kerak degandi. Men yangi kelgan murabbiyni hech qaerda eshitmaganman. “Metallurg” Kubokda “Yunired” bilan 2:2 o‘ynadi. Ha, yangi murabbiy kelganidan keyin jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkin. Baribir vaqt kerak. Bu yil “Metallurg” jamoasiga juda qiyin bo‘ladi. Menimcha, ular ligada qolish uchun kurashadi.

17 aprel

“Neftchi” – “Turon”

- Hozir “Turon”ga ochko juda ham kerak. “Neftchi” g‘alaba qozonsa keragu, ammo menimcha durang qayd etilishi ham mumkin. Balki “Turon” ham yutishi mumkin, sensatsiya qilib. Baribir qachondir ularning o‘yini o‘xshashi kerak. Aslida “Neftchi”ning jiddiy vazifasi bo‘lsa, ular g‘alaba qozonishi lozim. Boz ustiga Farg‘onada o‘ynaydi.

neftchi_1

“Bunyodkor” – “Nasaf”

- Bu yil “Nasaf”dan ko‘prog‘ini kutgandim. Hali bu klub formaga kirsa kerak. “Bunyodkor” yaxshi o‘ynayapti, turnir jadvalida etakchilardan biri. Nazarimda durang bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!