Mendilibar: "Vinisius va Alonso orasidagi vaziyat oddiy holat, bunday narsalar jamoalarda bo‘ladi"
"Olimpiakos" bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar Vinisius Junior va Xabi Alonso orasida yaxshi munosabat yo‘qligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi vaziyatlar futbol jamoalarida tabiiy holat hisoblanadi.
"Jamoalar uchun bu oddiy narsa, bunday masalalar ichki muhitda hal etiladi. Ular vaziyatni qanday boshqarishni biladi. Bunday holatlar mutlaqo normal.
Odamlar "Real"da hammasi yaxshi emas, deyishadi. Lekin jamoa chempionatda etakchi. Xabi — yaxshi murabbiy va men uning shu paytgacha bo‘lganidek, keyin ham yaxshi ishlashini ishonaman".
Mbappe haqida ham savol berildi:
"Mbappe mavsumni yaxshi boshladi, ammo hozir gol urmayapti".
Unga qarshi qanday o‘ynaysiz? degan savolga Mendilibar shunday javob berdi:
"Agar u gol urmay qo‘ygan bo‘lsa, demak, shunday davom etadi, deb umid qilamiz".



Fikrlar