"Men uni eng zo‘r deb hisoblamayman"

  • 2 noyabr, 2023, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta", "Jenoa" klublari va Chili terma jamoasi sobiq hujumchisi Maurisio Pinilla 2023 yilgi "Oltin to‘p"ni argentinalik hujumchi Lionel Messi qo‘lga kiritganidan norozi bo‘ldi.

Tecno

“Agar siz MLSda o‘ynab “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsangiz, demak, biz hammamiz aqldan ozganmiz yoki MLS sportda jahon kuchiga aylangan. Jahon chempionati hammasini belgilab berdi. Agar faqat bitta musobaqa hisobga olinadigan bo‘lsa, nega biz butun yil davomida qilingan mehnatlar uchun mukofot berilishini tushunmayapman. Umuman olganda, men uni eng zo‘r deb hisoblamayman”, - dedi Pinilla ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Ushbu mukofotni argentinalik hujumchidan ko‘ra ko‘proq hech kim qo‘lga kiritmagan. Messi nufuzli sovrinni 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021 va 2023 yillarda qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
02/11/2023 11:38
Месси исроил босқинчиларига (яхуд қонхўрларига)10000000 евро ёрдам бергани учун олтин тўпни қўлга киритди.