Mbappening ustidan kulishdi

  • 28 dekabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabo  Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Kilian Mbappening ustidan kuldi. Rabo Kilianning g‘alati qilig‘i haqida jurnalistlarga gapirib berdi.

- Mbappening g‘ashimga tegadigan bir odati bor. U intervyu berayotgan paytda ovozini o‘zgartirib oladi. Birga bo‘lgan paytimiz odatdagidek gapiradi. Lekin intervyusini tomosha qilsak, ovozini o‘zgartirgani shundoq bilinib turadi. Bu asabimga tegadi, - dedi Adrien Rabo.

Frantsiya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati finalida penaltilar seriyasida Argentinaga imkoniyatni boy berdi.

Shunga qaramay, finalda uchta to‘p kiritgan Kilian Mbappe to‘purarlar poygasida Lionel Messidan o‘zib ketdi va sakkizta gol bilan mundial “oltin butsa”siga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!