Mbappega Angliya superklubidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Kilianning javobi qanday?

  • 10 yanvar, 2024, 16:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening atrofidagi xabarlar oqimi tobora ko‘payib bormoqda. 25 yoshli forvard faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelishi lozim.

Tecno

Taniqli jurnalist Fransua Gallardoning ma’lum qilishicha, Kilian Mbappega “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp aloqaga chiqqan va transfer haqida fikr almashgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Kilian “Enfild”ga ko‘chib o‘tish variantiga ko‘nmagan.

Ayni paytda liverpulliklar Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Muhammad Saloh o‘rniga jamoani o‘z ortidan etaklaydigan fubolchi qidirmoqda. Yurgen Klopp anchadan beri Kilian Mbappeni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qiladi.

Mutaxassislarning aksariyati nemis murabbiyi qo‘llayotgan o‘yin uslubi Kilian Mbappega mos tushishini e’tirof etib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!