Mbappedan zo‘ri yo‘qmi?
Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchilari aniqladi.
Unga ko‘ra, chempionlikni qo‘lga kiritgan PSJ etakchisi Kilian Mbappe mavsumning eng yashi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu nominatsiyada 23 yoshli to‘purar “Monako” hujumchisi Vissam Ben-Yedder, yarim himoyachilardan Dimitri Paye (“Marsel”), Lukas Paketa (“Lion”) va Marten Terreni (“Renn”) ortda qoldirdi.
PSJ darvozasini qo‘riqlagan Janluiji Donnarumma chempionatning eng yaxshi posboniga atalgan nominatsiya g‘olibi bo‘ldi.
Mavsumning eng yaxshi bosh murabbiyi sovrini “Renn” ustozi Bruno Jenezioga topshirildi.
Frantsiya chempionatiga daxli bo‘lmagan, lekin “Real”ni muddatidan oldin Ispaniya chempioni qilgan Karim Benzema xorijdagi eng yaxshi frantsiyalik futbolchi sovriniga loyiq topildi.



Fikrlar