Mbappeda Ronalduning nomini o‘chirish uchun ikkita o‘yin bor

  • 15 dekabr, 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi futbolchilari Ispaniya chempionatining 16-turida “Alaves” jamoasi mehmoni bo‘lib, qiyin o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

“Qirollik klubi”  hujumchisi Kilian Mbappe uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu gol 26 yoshli frantsiyalik futbolchini jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduning “Real”dagi rekordiga yaqinlashtirdi.

Gap shundaki, portugaliyalik yulduz 2013 kalendar yili hisobida madridliklar safida jami 59 ta gol urgan. Kilian Mbappe Ronalduning bu natijasini shu yilning o‘zida yangilashi mumkin.

“Alaves” darvozasiga kiritilgan to‘p Mbappe uchun 2025 kalendar yilidagi 56-gol sifatida qayd etildi. Kilian o‘zining kumiri hisoblangan Krishtianuga etib olishi uchun uchta, undan o‘zib ketishiga esa, to‘rtta gol kerak.

Buning uchun Mbappe ixtiyorida ikkita uchrashuv bor. “Real” joriy yil oxirigacha Ispaniya kubogida “Talavera”ga qarshi maydonga chiqsa, La Ligada “Sevilya” bilan to‘qnash keladi.

Mbappe “Real”da 2024 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda frantsuz futbolchisi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!