Mbappe ziddiyatga oydinlik kiritdi

  • 14 iyun, 2023, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati va Kilian Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Klub qimmatbaho hujumchini sotuvga qo‘ydi. Rahbariyat futbolchidan hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidlayapti.

Tecno

Kilian Mbappe bu tushunmovchilik sabablarini ochiqlab berdi.

- PSJdan meni “Real”ga qo‘yib yuborishni so‘raganim yo‘q. Men klubga shartnomani 2025 yilning yozigacha uzaytirish bandidan foydalanmasligimni aytdim xolos.

Biz klub bilan hali yangi bitim bo‘yicha gaplashmadik. Hozircha, kelasi mavsumni shu erda o‘tkazishdan baxtiyorligimni ayta olaman, - dedi Kilian Mbappe.

Klub rahbariyati kelasi yili yozda Mbappe erkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun, hujumchidan shartnomani uzaytirish yoki shu yozda klubni jamoani tark etishni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
shohrux
14/06/2023 18:00
Зайбал эканда Реал Мадрид Уни у́рнига Холандни олиш керак
&
Umarjan
14/06/2023 17:16
Galatimi bu