
Mbappe umumiy guruhda shug‘ullanishni boshladi
PSJ forvardi Kilian Mbappe umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar tarqatmoqda.
Ammo futbolchi fitnes murabbiy bilan yakka tartibda shug‘ullanish uchun umumiy guruh mashg‘ulotida oxirigacha ishtirok etmadi.
Kilian “Sent-Eten”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Frantsiya kubogi finalida to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Mbappe 13 avgust kuni bo‘ladigan “Atalanta”ga qarshi EChL chorak finalida jamoasiga yordam berish uchun tinimsiz shug‘ullanmoqda.
Fikrlar