
Mbappe tufayli “Real” hujumchisi Saudiyaga ketadi
“Real”ning “Xetafe”dan ijaraga olgan hujumchisi Xoselu Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, saudiyaliklar tajribali hujumchini o‘z ligalariga olib ketmoqchi. Nomi sir tutilayotgan klub Ispaniya terma jamoasi forvardini qo‘lga kiritish uchun sarmoya tikishga tayyor.
“Qirollik klubi”da Xoseluni to‘liq transfer qilish huquqi bor. Biroq klub rahbariyati bu borada bir qarorga kelgani yo‘q.
Birinchidan, tez orada jamoaga braziliyalik Endrik qo‘shiladi. Ikkinchidan, Kilian Mbappe keladigan bo‘lsa, Xoseluga tarkibdan joy berilmaydi.
34 yoshli hujumchi joriy mavsumda madridliklar safida 42 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar