Mbappe tufayli 60 kishi janjallashdi

  • 19 aprel, 2024, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Barselona”ni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratganidan keyin o‘yinda ikkita gol urgan Kilian Mbappe janjal keltirib chiqardi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, o‘yin qahramonlaridan bo‘lgan Kilian Mbappe g‘alabani nishonlashda hissiyotgan berilib keldi. Manbaga ko‘raYu 25 yoshli futbolchi “Bu futbol, shuning uchun gapni maydonda gapirish kerak”, - degan.

Bu gap mag‘lubiyat alamidan jumbushga kelgan “Barelona” futbolchilariga og‘ir botgan va ular maydondan chiqish yo‘lagida mehmonlar bilan ziddyatga borgan. Baqir-chaqir, haqoratlar va turtkilashlarga ulanib ketgan dahanaki janjalda 60 kishi qatnashgan. Arena xavfsizlik xizmati vakillari ziddiyat mushtlashuvga aylanib ketmasligini oldini olishga ulgurgan.

Bundan tashqari, Mbappening hissiyotga berilib ketishi va g‘alabani nishonlash tarzi “Barselona”ni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan kataloniyalik muxlislarning g‘ashiga tekkani va ular ham noroziligini bildirgani aytilmoqda.

Stadiondan chiqishda Kilian Mbappe jurnalistlarga PSJni Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirish orzusini amalga oshirmoqchi ekanini, parijliklar musobaqada g‘olib chiqishi uning klubdan ketish haqidagi qarorini o‘zgartirmasligini ta’kidlagan.

Ma’lumki, Frantsiya chempionatining eng zo‘r to‘purari mavsum yakunlangach, “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” safiga o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
19/04/2024 19:24
Падарига Минг ланат шу Мбаппени
expert Umid-informatik
19/04/2024 17:15
Баппи реалга ўтарканми