
Mbappe "Real"ga o‘tmaydi!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasida "Real"ga o‘tmaydi.
"Marca" nashrixabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yozda 24 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmayapti. Manba bergan xabarga ko‘ra, transfer ikki sababga ko‘ra amalga oshirilmaydi: Mbappening maoshi haddan tashqari ko‘pligi va Madrid klubi futbolchining transferi uchun katta miqdorda pul to‘lashni istamasligi.
Oldinroq parijliklar o‘z to‘purarini 240 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi. Ayni damda Madrid klubi Vinisius Juniorga ishonadi va uni Mbappedan ustun qo‘ymoqda.
2022/23-yilgi mavsumda PSJ hujumchisi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar