
Mbappe “Real”ga chidab bo‘lmaydigan shart qo‘ydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2024 yilning yozida “Real”ga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirdi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik yulduz bir necha shartlari bajarilsa, Madrid klubi sharafini himoya qiladi.
Manbaning ta’kidlashicha, birinchi navbatda, Mbappe klubning transfer siyosatini hal qilish vakolati kafolatlanishini talab qilmoqda.
Shuningdek, Kilian Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Teo Ernandes va PSJda o‘zi bilan o‘ynayotgan Ashraf Hakimini “Qirollik klubi”ga olib kelishni ham so‘ragan.
Mutaxassislar o‘zini hurmat qilgan klub hech bir o‘yinchiga transfer siyosatini hal qilish vakolatini bermasligini ta’kidlamoqda. Chunki bu holat jamoada ichki muhitning buzilishiga olib kelishi aniq.
Transfermarkt portali Kilian Mbappeni 180 million evroga baholamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan.
Fikrlar