Mbappe "Real" safida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi (Foto)
Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Killian Mbappe "Qirollik klubi"da ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, 3 iyun kuni Mbappe rasman "Real Madrid" futbolchisiga aylandi. Frantsiyalik hujumchi "Los-Blankos" safida yiliga 30 million evro maosh va urilgan gollar uchun bonuslarga ham ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turgan Kilianning "Real" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan. Hujumchining Transfermarktdagi narxi hozirda 180 million evro deya baholangan.



Fikrlar