Mbappe “Real” safida ajoyib statistika qayd etmoqda!

  • 20 oktabr, 02:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida “Real Madrid” mehmonda “Xetafe”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol Kilian Mbappe tomonidan kiritildi va u bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga ega chiqdi.

Tecno

Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda ushbu mukofotga 7 marotaba sazovor bo‘ldi. Mbappe bu natijani “madridliklar” safida La Liganing 11 ta bahsida maydonga tushgan holda qayd etdi. Shuningdek, forvard klub va terma jamoa tarkibida 11 ta o‘yindan beri gol urmoqda.

Ma’lumot uchun, “qaymoqranglilar” navbatdagi uchrashuvni Chempionlar ligasi doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!