Mbappe Messi va Ronalduni lol qoldirdi

  • 9 fevral, 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 23-turi markaziy uchrashuvida Madridning ikki grandi – “Atletiko” va “Real” o‘zaro to‘qnashdi.

Tecno

Uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi. Birinchi bo‘limda Xulian Alvaresning penaltidan urgan goliga o‘yinning ikkinchi yarmida Kilian Mbappe javob qaytarib, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

E’tiborli jihati shundaki, bu gol 26 yoshli frantsiyalik hujumchining 500-samarali harakati bo‘ldi.

Ekspertlari jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchilar – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi 26 yoshida gol+pas bo‘yicha qanday natija qayd etganiga e’tibor qaratishdi.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, Messi 26 yoshida 486 ta samarali harakatni amalga oshirgan ekan. Bu borada Ronalduning ko‘rsatkichi ancha past. Portugaliyalik yulduz 26 yoshida gol+pas bo‘yicha 302 ball to‘plagan.

Demak, nazariy jihatdan Kilian Mbappe faoliyatining oxirigacha qadar to‘purarlik va assistentlikda “Oltin to‘p”ni eng ko‘p yutgan bu ikki yulduzdan o‘zib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!