
Mbappe Messi, Ronaldu va Neymardan zo‘r chiqib qoldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Evro-2024” saralash turniri doirasida Frantsiya terma jamoasi safida Gibraltar darvozasiga uchta to‘p kiritib, faoliyatidagi gollari sonini 300 taga etkazib oldi.
Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, uch yuzlik dovonni 24 yoshida zabt etgan Mbappe bu borada zamonamizning eng zo‘r to‘purarlari – Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymarni ortda qoldirgan.
Bu forvardlarning bari faoliyatidagi 300-golini 25 yoshdan oshganda nishonlagan.
Bundan tashqari, Kilian terma jamoadagi jami gollari sonini 46 taga etkazib oldi va Frantsiya to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Frantsiya terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi Olive Jiru hisoblanadi. Tajribali hujumchi ham Gibraltar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, umumiy gollari sonini 54 taga etkazib oldi.
Jiru va Mbappe o‘rtasida faoliyatini yakunlab bo‘lgan Terri Anri joylashgan. Mashhur hujumchi terma jamoa uchun 51 ta to‘p kiritgan. Yaqin kelajakda Mbappe Anrining natijasini ortda qoldirishi kutilmoqda.
Fikrlar