Mbappe: Kulaverib, o‘lay dedim!
Frantsiya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Le Canard enchaîné” gazetasida e’lon qilingan xabarga munosabat bildirdi.
Ushbu satirik nashrda mashhur sportchi o‘tgan yili Frantsiyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida olimpiya mash’alasini ko‘tarishdan bosh tortgani aytiladi.
- Kulaverib o‘lay dedim. Sizlar men musobaqada basketbol bo‘yicha Frantsiya terma jamoasi asosiy tarkibida o‘ynamoqchi bo‘lganimni ham unutib qo‘yibsizlar. Musobaqa vaqtida men dunyoning boshqa burchagida ta’tilda edim. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha hech qanday tajribaga ega bo‘lmaganim uchun mash’ala ko‘tarishimda hech qanday mantiq yo‘q edi, - dedi Kilian Mbappe.
Gazetaning yozishicha, Mbappe Frantsiya hukumati tomonidan Olimpiya o‘yinlari mash’alasini ko‘tarishga taklif qilingan ekan.



Fikrlar