
Mbappe Chempionlar ligasida o‘ynamaydi
PSJning asosiy to‘purari Kilian Mbappe Chempionlar ligasining uchinchi turida “Leyptsig” bilan bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli hujumchi milliy chempionat doirasida “Nant”ga qarshi uchrashuvda jarohatlangan. U o‘ng tizza mushaklarida og‘riq borligidan shikoyat qildi.
Tomas Tuxel yana bir hujumchi – Neymar xizmatidan ham foydalani olmaydi. U jarohatidan hali tiklangani yo‘q.
Shuningdek, uch nafar futbolchi safga qaytgani atilmoqda. Unga ko‘ra, Marko Verratti, Yulian Draksler va Mauro Ikardi asosiy guruh mashg‘ulotlariga tayyor.
Fikrlar