
Mbappe: Bu futbolchining o‘yiniga qarab, o‘zimni qariyadek his qilyapman
“Pari Sen-Jermen”ning 24 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe yosh jamoadoshi Uooren Zair-Emerining salohiyatiga yuqori baho berdi.
17 yoshli yarim himoyachi PSJdagi ajoyib o‘yinlaridan keyin Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirildi. Uorron Gibraltarga qarshi debyut bahsida gollari hisobini ham ochdi.
- Uorren – ukam Itanning tengdoshi. Aqlbovar qilmaydi. Men ham yoshman. Lekin uning oldida o‘zimni qariyadek his qila boshladim.
Hozir men unga hech qanday maslahat bera olmayman. U mustaqil yigit va hammasini o‘zi tez o‘rganyapti, - dedi Kilian Mbappe.
Uorren Zair-Emeri joriy mavsum PSJ tarkibida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar