
Mbappe Benzemaning ishi qildi
Ispaniya chempionatining oltinchi turida “Real” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Espanol” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Madridliklarning oxirgi golini Kilian Mbappe 11 metrlik nuqtadan kiritdi.
Opta Sport markazining ma’lum qilishicha, Mbappe o‘z hamyurti Karim Benzemaning rekordini takrorladi. Frantsiyalik hujumchi XXI asrda La Liganing ketma-ket uchta uchrashuvida penaltidan gol urgan.
Avvalgi rekord sohibi Karim Benzema 2022 yilning mart-aprel oylarida ana shunday ko‘rsatkich qayd etgan edi.
Qizig‘i shundaki, Kilian Mbappe “Real”da Karim Benzema o‘ynagan 9-raqamni olgan.
Fikrlar