
Mbappe "Atalanta"ga qarshi o‘yingacha sog‘ayishi mumkin
PSJ forvardi Kilian Mbappe 12 avgust kuni "Atalanta"ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi 1/4 final bahsida jamoasiga yordam berishi mumkin.
Paris Fans nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik to‘purar kutilganidan tezroq sog‘aymoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe "Sent-Eten"ga (1:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan va shifokorlar uni taxminan 3 hafta davolanishi haqida ma’lum qilgan edi.
Fikrlar