
Mbappe - dunyoning eng qimmat yosh futbolchisi
Footballtalent nashri dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu reytingning eng yuqori qismidan PSJ klubining 20 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe joy oldi. Ta’kidlash kerakki, Mbappe shu kungacha bo‘lgan professional faoliyatida 100 dan ortiq gol urishga erishdi.
Quyida dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari reytingining kuchli o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Kilian Mbappe (PSJ)
2. Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund)
3. Kay Xaverts ("Bayer")
4. Joau Felish ("Benfika")
5. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul")
6. Matteys de Lisht ("Ayaks")
7. Eder Militao ("Real")
8. Ibragim Konate ("RB Leyptsig")
9. Deklan Rays ("Vest Xem")
10. Rodrigo Goes ("Real")
Fikrlar