
"Maynts" futbolchisi Ronaldu va Messidan keyingi o‘rinda turadigan futbolchi kimligini aytdi
Germaniyaning “Maynts” klubi forvardi Jan-Filipp Mateta “Milan”dagi hamkasbi Zlatan Ibragimovich haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“U mening kumirim bo‘lgan. Men bo‘yim baland bo‘lgani uchun baland bo‘yli, texnikasi yuqori va tez yuguradigan hujumchilardan o‘rnak olganman.
Uning gol urishlari menga yoqardi. U Ronaldu va Messidan so‘ng tarixdagi eng yaxshi to‘purar. U hayratlanarli harakatlarni qila oladi.
Zlatanning futboldan tashqari hayoti, matbuot bilan qanday gaplashishi, takabburligi meni umuman qiziqtirmaydi”, - deydi Mateta.
Fikrlar