Maydondan haydalgan Mbappe mardlik qildi
Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Alaves” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuvda poytaxtliklar qiyinchilik bilan kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Bellashuvning kulminatsion nuqtasi 38-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Kilian Mbappe rab yarim himoyachisi Antonio Blankoning oyog‘iga juda qo‘pol tarzda tashlandi.
Uchrashuv hakami frantsiyalik futbolchiga avvaliga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq VAR aralashuvidan keyin jazoni o‘zgartirib, Mbappeni maydondan haydadi.
Marca nashrining yozishicha, Kilian uchrashuvdan keyin Antonio Blankoning yoniga borgan, uning salomatligidan xabar olgan va qilmishi uchun uzrini so‘ragan.
Shunga qaramay, “Real” to‘purari Tartib-intizom qo‘mitasining sanktsiyasini kutyapti. Mutaxassislarning aytishicha, raqibga og‘ir jarohat etkazishi mumkin bo‘lgan fol ishlatgani uchun Kilian uchta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.



Fikrlar