Matchroom promouterlik kompaniyasi shu yili O‘zbekistonda professional boks oqshomi tashkil qilmoqchi

  • 31 oktabr, 2021, 23:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bilamizki, Eddi Xirnning Matchroom promouterlik kompaniyasi professional boks olamida etakchi hisoblanadi. Biz qator o‘zbekistonlik bokschilar Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev aynan mana shu kompaniya bilan ishlab kelmoqda. 

Tecno

Eddi Xirn Secondsout you tube kanali bilan intervyusida O‘zbekistonda yil oxirigacha professional boks oqshomi tashkil qilishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tdi. 

Esingizda bo‘lsa joriy yilning 3 aprel kuni "Xumo" arenaci ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan kechaga mezbonlik qilgan. Unda Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov kabi bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazgan. 

Murodjon Ahmadaliev o‘zining navbatdagi himoya jangini 18 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazishini hisobga olsak, O‘zbekistonda bo‘lishi kutilayotgan oqshomda Madrimovning Mishel Soroga qarshi bahsi asosiy sifatida belgilanishi mumkin.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!