Mata nega MYuda qolganini aytdi

  • 9 iyul, 2021, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata shu yoz boshqa jamoalardan takliflar bo‘lganini aytdi. Aytish lozim, 33 yoshli ispaniyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Tecno

"Albatta, menga boshqa klublardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Shunday paytlarda faoliyatingning yangi bosqichi haqida o‘ylab qolasan. Ammo menimcha, ketish payti hali kelgani yo‘q. Men jamoaga hali ko‘p narsalar bera olishimga ishonaman va shuning uchun ham shu erda qoldim", - dedi Mata klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Mata MYu safiga 2014 yilning yanvarida “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U shu paytga qadar jami 273 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 51 ta gol hamda 47 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Bundan avvalroq Mataga "Valensiya", "Latsio" va "Roma" kabi jamoalardan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!