
Masvidal Kamaru Usmanga qarshi revansh jangini qachon o‘tkazadi? Chempionning menejeridan javob
UFCning o‘rta vazn toifasidagi chempioni Kamaru Usmanning Xorxe Masvidalga qarshi revansh jangiga qachon kirishishi haqidagi savolga nigeriyalik aralash jang san’atlari ustasining menejeri javob berdi:
"Masvidalning so‘zlari hech narsani hal qilmaydi. U jang olib borishda davom etaverishi lozim. Qachonki, chempion unga revansh imkoniyatini berishni xohlab qolsa, o‘shanda bu mavzu xususida gaplashishimiz mumkin. Hozircha bu to‘qnashuv borasida hech bir jarayon o‘tkazilayotgani yo‘q", - dedi Ali Abdulaziz.
Avvalroq, Xorxe Masvidal o‘zining chempionlik jangiga har tomonlama munosibligini da’vo qilgandi.
Fikrlar