Mashhur promouter Tszyu va Turman jangida yaqqol favorit kimligini aytdi

  • 26 fevral, 2024, 11:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Taniqli promouter Leonard Ellerbe Tim Tszyu(24-0, 17 KO) va Kit Turman(30-1, 22 KO) o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

"Menimcha, bu jang Kit foydasiga ishlaydi. Tim Tszyu qanday jangchi ekanligini bilamiz, lekin to‘g‘risini aytsam, u odamlar o‘ylaganchalik yaxshi emas. U Turmanga qarshi favorit ham emas, bu aniq. Men bu biznesda anchadan beri ishlaganim bois shuni aytishim mumkinki, ushbu jangda Kit Turman g‘alaba qozonadi.Chunki unda bu uchun yaxshigina imkoniyat bor", – dedi Ellerbe Fight TV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Tszyu va Turman o‘rtasidagi qarama-qarshilik 30 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!