
Mashhur klub “Manchester Siti”ning bir necha o‘yinchisini so‘radi
Frantsiyaning eng mashhur klublaridan “Lion” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti”da etarli o‘yin amaliyotiga bo‘lamayotgan bir necha futbolchilarni olish harakatini boshladi.
Goal nashrining yozishicha, frantsuzlar nishoniga ikki markaziy yarim himoyachi – Kelvin Fillips va Niko O’Rayli tushgan.
“Lion” mutasaddilari bu o‘yinchilarni qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida “shaharliklar” rahbariyatiga murojaat qilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, lionliklarda “Manchester Siti” himoyachisi Josh Uilson-Esbrandni jamoaga taklif qilish varianti ham bor.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan tarkibni qisqartirishni so‘ragan. Ispaniyalik mutaxassis talabi bilan yozgi transferlar davrida o‘n nafar futbolchi jamoani tark etdi. Ular orasidan ayrimlari mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natilgan.
Fikrlar