Mashhur futbolchi “Real”ga zo‘r o‘yinchi topib berdi

  • 29 oktabr, 06:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur futbolchi Klod Makelele Madridning “Real” klubi rahbariyatiga ayni paytda “Pari Sen-Jermen”da o‘ynayotgan Markinosni olishni tavsiya qildi.

Tecno

- Men har doim Markinosni “Real”da o‘ynashini orzu qilganman. Shu yigitni juda hurmat qilaman. U bilan PSJni Karlo Anchelotti boshqargan davrda murabbiylar shtabida bo‘lganimda birga ishlagan edim.

Markinosning sifatlari, mehnatsevarligi, ishtiyoqi va sabr-toqati yuqori darajada. Hozirgacha aqlbovar qilmas darajada katta o‘sishga erishdi.  

Hozir u dunyoning eng yaxshi jamoalaridan hisoblangan PSJda o‘ynayapti. Lekin Markinos aslida “Real”ga juda mos tushadigan tipdagi o‘yinchi. Chunki o‘ta aqlli o‘yinchi. Ayniqsa, hozirgi paytda raqib bilan birga bir vaziyatda yazshi o‘ynay oladigan himoyachilar kamayib ketgan.

Agar “Real” haqiqatan kuchayishni istasa, Markinosni olishi kerak. Biroq PSJ uni osonlikcha qo‘yib yubormaydi, - dedi Klod Makelele.

31 yoshli Markinos Braziliyaning “Korintians” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropadagi faoliyatini “Roma” safida boshlagan. 2013 yili PSJ uni 31,4 million evroga o‘z safiga qo‘shib oldi. Markinosning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!