Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash

  • 29 may, 2021, 19:19
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" Saudiya yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bir nechta Osiyoning top klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Tecno

"Al-Nassr" Jaloliddinni qishda "Paxtakor"dan xarid qilib, 5 oyga BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga ijaraga bergan edi. 

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar ijara muddati yakunlangach, Masharipovni ortga qaytarmoqchi. Shu bilan birga, legionerimiz transferini "Shabab Al-Ahli" ham sotib olishga tayyor. Qolaversa, futbolchiga BAAning yana bir nechta jamoalaridan taklif bor. Jumladan, "Sharja", "Al-Ayn" va "Al-Jazira" klublari yarim himoyachini xarid qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi BAA chempionatida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Jalolddin Masharipovning Dubaydagi hayoti, uyi va Evropaga ketishi haqida

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/05/2021 22:46
Европага ўйнагани мақул эди. Арабларда ўйнаб ўйин томонлама ўсмайди, лекин яхшигина маблағ тўплайди. Европа футболчини тоблайди, ўстиради араблар эса яхшигина пуллик қилади. Машарипов арабларни танлаган начора...
TV TV
29/05/2021 20:23
Осиёда талаш булгани бизга керакмас, бизга Еворпада талаш булсин.