
"Mash’al" yana bir yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Pro liga vakili -“Mash’al” o‘z safini yangi nomlar bilan to‘ldirishda davom etyapti. Bugun saytimiz orqali muborakliklar darvozabon Ravshan Yagudin bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik. "Mash’al" klubi matbuot xizmati yana bir yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Aynan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan muborakliklar o‘z safiga Abdumalik Toshpo‘latov qo‘shib oldi.
Yarim himoyachi Abdumalik Toshpulatov 1994 yil 12 sentyabr kuni Namanganda tug‘ilgan. Toshpo‘latov bunga qadar "Yangier" jamoasida to‘p tepgan.
Endi Abdumalik Toshpo‘latov "Mash’al" sha’nini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” ilk turni 6 mart kuni safarda “Buxoro”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar