Martines Ronaldu haqida: “U do‘stona, maqsadga intiliuvchan yigit”
Sobiq “Barselona” himoyachisi Inigo Martines Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tgach, Krishtianu Ronalduning samimiy munosabatidan ajablanganini aytdi.
“Uning qabul qilishi meni hayratga soldi. Tashqi ko‘rinish doimo adashtirishi mumkin. U juda do‘stona, maqsadga intiliuvchan yigit va futbol bilan yashaydi. Bu — uning haqiqiy ishtiyoqi”, — dedi Martines.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum “nasrliklar” safida barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan



Fikrlar