
Marselo "Real"da "abadiy" rekord o‘rnatdi
"Real"ning braziliyalik himoyachisi Marselo bu jamoada eng ko‘p sovrin yutish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
La Liganing 34-turida “Real” o‘z maydonida “Espanol”ni (4:0) mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Marselo uchun bu sovrin “qirollik klubi”dagi 24-kubok bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Fransisko Gentoni (23) ortda qoldirdi va mutlaq rekordchiga aylandi.
33 yoshli Marselo "Real" bilan oltita La Liga, ikkita Ispaniya kubogi, beshta Ispaniya Superkubogi, to‘rtta Chempionlar Ligasi, uchta UEFA Superkubogi va to‘rtta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.
Marseloning “Real” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar