
"Marsel" sentyabr oyida tayinlangan Jennaro Gattuzoni ishdan bo‘shatmoqchi
"Marsel" klubi bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqaradi. 46 yoshli mutaxassis qoniqarsiz natijalar sabab ishdan bo‘shatiladi.
Gattuzo klubni 2023 yil sentyabr oyidan beri ishlab kelyapti. Uning qo‘l ostida jamoa 24 o‘yin o‘tkazib, 9 g‘alaba, 8 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.
Ayni vaqtda marselliklar 30 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalining 9-pog‘onasini band etib turibdi.
Fikrlar