Marko Stanoevich yangi mavsumda qaysi jamoada to‘p surishini bilasizmi?

  • 27 dekabr, 2024, 23:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil “Nasaf” klubi bilan O‘zbekiston Superligasi chempionligini qo‘lga kiritgan serbiyalik legioner Marko Stanoevich mavsum yakunlangach, jamoa bilan xayrlashganini bilasiz. Boz ustiga uning klub bilan tuzgan shartnomasi ham yakuniga etdi.

Tecno

2020 yili “Ajdarlar” a’zosiga aylangan Stanoevich shu kunga qadar “Nasaf” libosida 161 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta golga mualliflik qildi va 21 bor assist vazifasini bajargan.

Bir qator klublarimiz 36 yoshli futbolchini o‘z saflarida ko‘rish istagini bildirishgan. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Stanoevich kelasi mavsumda Vadim Abramov qo‘l ostida “Dinamo”da to‘p surishga rozi bo‘lgan va bu borada tomonlar allaqachon kelishuvga erishib bo‘lishgani aytilmoqda.

Vadim Karlenovich yangi mavsumda jamoasining yangi o‘yin uslubini Marko Stanoevich atrofida qurmoqchi. Hammasi reja asosida davom etsa, serbiyalik legioner yanvar oyida “Dinamo”ga qo‘shilishi kutilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
28/12/2024 08:55
Зур булар эди