Mareska: "U jamoaga yordam beradi"
"Chelsi" Konferentsiyalar ligasi doirasida "Xaydenxaym" klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarni Mudrik va Nkunku o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ydi.
Bellashuvdan so‘ng "aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska Nkunkuning klubdagi kelajagini haqida gapirdi.
- Men Kristofer bilan bir necha kun oldin gaplashdim. Suhbat davomida u faqatgina ko‘proq daqiqalar xohlashini aytdi. Shuning uchun futbolchi yanvarda hech qaysi klubga sotilmaydi. U biz bilan qolib muvaffaqiyatga erishishimizga yordam beradi - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vinger bu mavsum "Chelsi" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarktdagi narxi 65 million evro deb baholanmoqda.



Fikrlar