"Marca": Beyl Xitoy klubiga o‘tadi va yiliga 22 mln evro maosh oladi

  • 27 iyul, 2019, 01:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi yarim ximoyachisi Garet Beyl faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Tecno

30 yoshli futbolchi Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 22 mln evro maosh oladi, - deb xabar qildi "Marca" nashri.

Muzokaralarning so‘nggi detallari qoldi. Bu transferdan "Real" qancha mablag‘ olishi oshkor qilinmagan.

Madridliklar safida Garet Zidanning ish rejalariga kirmayapti. Shu tufayli ham futbolchining agenti Jonatan Barnett Xitoy klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!