Maqsadiga etgan Benzema faoliyatini qaerda tugatishini aytdi

  • 19 oktabr, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Oltin to‘p” sovrinini qabul qilib olgan Karim Benzema faoliyatini hozirgi jamoasi “Real”da yakunlashini aytdi.

Tecno

- Futbolchilik faoliyatimni “Real”da tugataman. Boshqa hech qanday variant yo‘q, - dedi frantsiyalik yulduz.

Bundan avval, Karim Benzema joriy mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga ko‘ngani ma’lum qilingan edi.

34 yoshli hujumchi “Qirollik klubi”da 2009 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Karim Frantsiyaning “Lion” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Karim jurnalistlarga uchta maqsadi bo‘lganini, ya’ni onasiga uy olib berish, "Real"da o‘ynash va "Oltin to‘p" sohibiga aylanishni istaganini aytgan va bugungi kelib, barcha orzusi amalga oshdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!